Sport | 19:41 / 13.10.2025
22874
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Urugvayga yutqazdi

Malayziyada o‘tgan bahsda janubiy amerikaliklar bitta to‘p farqi bilan g‘alaba qozondi.

Foto: UFA

O‘zbekiston milliy jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Urugvayga 1:2 hisobida yutqazdi. Bahs 13 oktyabr kuni Malayziyada o‘tkazildi.

Birinchi bo‘lim nisbatan teng kurashlar ostida o‘tdi. Ikkinchi bo‘limni o‘zbekistonliklar yomon boshladi va ikkita gol o‘tkazib yubordi. 51-daqiqada Torres, 60-daqiqada Sanabriya darvozani ishg‘ol qildi. O‘yin oxirida O‘zbekiston bosimni kuchaytira oldi, ammo faqat bitta javob golini urdi. 82-daqiqada Ruslanbek Jiyanov darvozani ishg‘ol qildi.

Bu milliy jamoaning italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro qo‘l ostidagi ikkinchi o‘yini bo‘ldi. Birinchi o‘yinda Kuvayt 2:0 hisobida mag‘lub etilgan edi.

O‘rtoqlik o‘yini
13 oktyabr, Malakka (Malayziya), «Hang Jyebat» stadioni

O‘zbekiston 1:2 Urugvay
Gollar: Ruslanbek Jiyanov (82) - Fakundo Torres (51), Xuan Sanabriya (60)
O‘zbekiston: Abduvohid Ne’matov, Muhammadqodir Hamraliyev, Hojiakbar Alijonov (Dilshod Saitov 84), Rustam Ashurmatov, Akmal Mozgovoy, Otabek Shukurov (Ruslanbek Jiyanov 60), Azizjon G‘aniyev (Abdurauf Bo‘riyev 75), Sherzod Nasrullayev (Azizbek Turg‘unboyev 65), Eldor Shomurodov (Igor Sergeyev 84), Umar Eshmurodov, Hojimat Erkinov (Husayn Norchayev 75)
Urugvay: Franko Israel, Santyago Bueno, Nikolas Marichal, Emiliano Martines, Marselo Sarachchi, Kevin Amaro (Ignasio Lakintana 46), Rodrigo Salasar, Federiko Vinyas, Xose Luis Rodriges, Xuan Manuel Sanabriya, Fakundo Torres (Nikolas Fonseka 87)

Mavzuga oid