Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yoshlari Qozog‘istonni ikki o‘yinda ham mag‘lub etdi
Islombek Ismoilov boshchiligidagi o‘smirlar jamoasi esa turkiyalik tengqurlari bilan ikki o‘yinda ham durang qayd etdi.
12-14 oktyabr kunlari Toshkent viloyatidagi «Do‘stlik» stadionida Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-20 jamoasi Qozog‘iston U-21 jamoasiga qarshi ikki bor o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi.
Birinchi o‘yinda Firdavs Abdurahmonovning o‘yin oxiridagi yagona goli o‘zbekistonliklarga g‘alaba keltirgandi, bugungi o‘yinda esa hisob mehmonlar tomonidan ochildi. Ammo tezkor golga mezbonlar uchta gol bilan javob qaytarishdi.

13-daqiqada Abdug‘afur Haydarov hisobni tenglashtirdi. 35-daqiqada u dublni rasmiylashtirdi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa Asilbek Jumayev yakuniy hisobni o‘rnatdi – 3:1.

O‘rtoqlik uchrashuvi.
O‘zbekiston U-20 3:1 Qozog‘iston U-21
Gollar: 8' – Ali To‘rganov (Qozog‘iston) 13', 35' – Abdug‘afur Haydarov (O‘zbekiston) 53' – Asilbek Jumayev (O‘zbekiston)
Noyabr oyida Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan U-17 jamoasi ham shu kunlarda Turkiya o‘smirlariga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Toshkent shahridagi «JAR» stadionida o‘tkazilgan o‘yinlarning ikkisida ham durang hisoblar qayd etildi.

11 oktyabr kuni o‘tkazilgan birinchi o‘yinda turklar jamoasi birinchi bo‘lim davomida ikki to‘p farqi bilan oldinga chiqib olgandi, ammo Islombek Ismoilov shogirdlari o‘z uslubida kambek qilib, hisobni tenglashtira oldi. Dastlab Murodov birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda birinchi javob golini urgandi, ikkinchi bo‘lim oxirlarida Sarsenbayev muvozanatni tikladi – 2:2.
Bugun bo‘lib o‘tgan ikkinchi o‘yinda esa darvozalar daxlsizligi saqlab qolindi – 0:0.

U-17 xalqaro o‘rtoqlik o‘yini
O‘zbekiston – Turkiya — 0:0
Toshkent, «Jar» stadioni
O‘zbekiston: Ne’matulloh Rustamjonov, Muhammad Haqimov, Mo‘minxon Bahodirxonov, Abdusamad Saidov, Sayfiddin Sodiqov, Abdulmalik Anvarov, Behruz Saidmurodov, Azizbek Abdumo‘minov, Asilbek Aliyev, Xayrulloh Ergashev, Qahramon Turg‘unov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Sadriddin Hasanov, Jamshidbek Rustamov, Nurbek Sarsenbayev, Muhammadali Musaxonov, Azizbek Erimbetov, Miraziz Abdukarimov, Muhammad Habibullayev, Abubakir Shukurullayev.
Zaxirada: Ibrohim Shokirov, Bahodir Izboskanov, Hojiakbar Yusufboyev, Amirxon Muradov.
Turkiya: Sadulloh Yigit Kabakushak, Barish Bash, Ali Demirbilek, Furkan Ayaz Duru, Hasan Yakub Ilchin, Enes Ishik, Tarik Bo‘g‘ra Kalpakli, Halil Koch, Yag‘iz Fikri Shen, Mustafa Deniz Karadeniz, Ramazan O‘zchelik.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Chem Yefe Ero‘g‘li, Hasan Mert Nuchel, Bilal Demirag‘, Ata Yanik, Baran Yolachan, Huseyn Shen, Mustafa Duru, Eymen Mustafa Erdog‘an, Yigit Metin Yumak.
Mavzuga oid
11:32 / 02.12.2025
Islombek Ismoilov «Neftchi» bosh murabbiyligiga tayinlandi
23:48 / 18.11.2025
Bu jamoa bilan yo‘lim tugadi – Islombek Ismoilov O‘zbekiston U17 bilan xayrlashdi
22:06 / 05.11.2025
Yosh futbolchilarda hayajon sezildi – Islombek Ismoilov birinchi o‘yin haqida
16:20 / 05.11.2025