Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Britaniya G‘aznachiligi iqtisodiy kotibi bilan uchrashdi
O‘zbekistondagi islohotlar va mamlakatning JST a’zosi bo‘lishi yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniyaga tashrifi doirasida “Yangi O‘zbekiston — ulkan imkoniyatlarga ega katta mamlakat” mavzusidagi davra suhbati ishtirokchilari bilan uchrashdi.
«O‘zbekiston Buyuk Britaniya biznesi uchun ham jozibador makonga aylandi — bugungi kunda yurtimizda ushbu mamlakatning 270 dan ortiq kompaniyasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Britaniyalik hamkorlarning qiziqishi ortib borayotganidan mamnunman va ularning iqtisodiyotimizdagi ishtiroki tobora kengayib borishiga ishonaman», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Londonda tashkil etilgan round-shou davomida Buyuk Britaniya G‘aznachiligi iqtisodiy kotibi Lyusi Rigbi bilan ham uchrashuv o‘tkazildi.

«Rigbi xonimga “Yangi O‘zbekiston – ulkan imkoniyatlarga ega katta mamlakat” nomli tadbirimizda ishtirok etgani va uni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildiraman. O‘zbekistondagi islohotlar va mamlakatimizning JSTga a’zo bo‘lishi yuzasidan fikr almashdik. Yurtimiz taraqqiyotidagi ushbu muhim bosqichni Buyuk Britaniya hukumati to‘liq qo‘llab-quvvatlayotgani quvonarlidir», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Mavzuga oid
21:22 / 18.05.2026
Saida Mirziyoyeva Londonda nufusli xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari va siyosatchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
18:18 / 18.05.2026
O‘zbekiston global kapital bozori uchun yanada ochiq va ishonchli hamkorga aylandi - Saida Mirziyoyeva
08:48 / 16.05.2026
Britaniya mudofaa budjetiga 20 mlrd yevrodan ortiq mablag‘ ajratmoqchi
14:26 / 15.05.2026