Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu 2025 yilning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘ldi
Portugaliyalik hujumchi «An-Nasr» klubida umumiy hisobda $280 mln dollar ishlab topdi.
Foto: Forbes
Forbes jurnali 2025 yilning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari reytingini tuzdi. Ro‘yxatni Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu boshqarib bormoqda.
Reytingni tuzishda futbolchilarning ish haqi (shu jumladan bonuslar), shuningdek, o‘yindan tashqari faoliyatdan olingan daromadlar - homiylik shartnomalari, tadbirlardagi ishtiroki va boshqalar hisobga olingan. Ro‘yxatga kiritilgan o‘yinchilar yil davomida jami $945 mln ishlab topgan. Forbes nashriga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 4 foizga kamaygan.
Top-10 dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari:
1) Krishtianu Ronaldu («An-Nasr») - $280 mln (230 mln maydonda + 50 mln maydondan tashqarida);
2) Lionel Messi («Inter Mayami») - $130 mln (60+70);
3) Karim Benzema («Al-Ittihod») - $104 mln (100+4);
4) Kilian Mbappe («Real Madrid») - $95 mln (70+25);
5) Erling Holand («Manchester Siti») - $80 mln (60+20);
6) Vinisius Junior («Real Madrid») - $60 mln (40+20);
7) Muhammad Saloh («Liverpul») - $55 mln (35+20);
8) Sadio Mane («An-Nasr») - $54 mln (50+4);
9) Jud Bellingem («Real Madrid») - $44 mln (29+15);
10) Lamin Yamal («Barselona») - $43 mln (33+10).