Turizm | 11:45 / 17.10.2025
2038
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Yevropa poytaxtida "Eng yaxshi madaniy turizm manzili" deb tan olindi

"Global turizm forumi" tashkilotining 20-21 oktyabr kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi uchrashuvidan oldin "Turizm va mehmondo‘stlik sohasida jahon mukofotlari–2025: Sayohat va mehmondo‘stlikda global mukammallikni e’tirof etish" mavzusida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Shu kuni jahonning turizm va mehmondo‘stlik sohasidagi yetakchi kompaniyalari 2025 yilgi "Jahon turizm mukofotlari" tantanali marosimida qatnashish uchun Bryussel shahridagi Belgiya san’at muzeyida yig‘ildi

Unda butun dunyo bo‘ylab sayyohlik sohasini shakllantirayotgan muvaffaqiyatli manzillar, tashkilotlar, sohaga yangi innovatsiya g‘oyalarini olib kirayotganlar taqdirlandi. Shuningdek, tadbir davomida barqarorlik, texnologiya, investitsiya va madaniy innovatsiyalar sohasidagi muhim yutuqlar namoyish qilindi.

"Manzil sifatida mukammallik va Eng yaxshi sayohat manzillari" yo‘nalishida O‘zbekiston "Eng yaxshi madaniy turizm manzili" deb e’tirof etildi va taqdirlandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish