Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muzrabot tuman qurilish bo‘limi boshlig‘i qo‘lga olindi
Surxondaryoning Muzrabot tumanida xususiy loyiha tashkiloti arxitektori firibgarlik yo‘li bilan 17 mln so‘m olgan paytda qo‘lga tushdi. Tezkor tadbir davom ettirilib, u olgan pulidan 1 mln so‘mini tuman qurilish bo‘limi boshlig‘iga bergan paytda, mansabdor shaxs ham ushlandi.
Foto: DXX
Qurilish ishlarini loyihalashtirishga ixtisoslashgan MChJ arxitektori Muzrabot tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, unga qarashli bo‘lgan, qurilishi tugallanmagan noturar bino loyiha hujjatlarini tegishli tashkilotlardan “muammosiz” o‘tkazib berish evaziga, firibgarlik yo‘li bilan 17 mln so‘m talab qilgan.
DXX va ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, arxitektor 17 mln so‘mdan 1 mln so‘mini Muzrabot tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘iga berishi kerakligi ma’lum bo‘lib, mazkur mansabdor ham ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Navoiyda favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i 3 ming dollar pora bilan ushlangandi.
Mavzuga oid
08:45
Yer masalasidagi korrupsion tarmoq fosh bo‘ldi
11:12 / 22.05.2026
🔴 LIVE: Ishsizlikdan biznes: Koreya va’dasi 90 mln dollarga tushdi
14:16 / 14.05.2026
Migratsiya agentligi sobiq xodimi xalqaro qidiruvga berildi
13:32 / 14.05.2026