Jamiyat | 19:49 / 19.10.2025
6137
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 9 oyda 27 mingdan ortiq nikoh bekor qilindi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 472 932 ta fuqarolik ishi ko‘rib chiqilib, ularning 365 164 tasi bo‘yicha talablar qanoatlantirilgan, 56 804 tasi bo‘yicha talablarni qanoatlantirish rad qilingan, 45 682 tasi bo‘yicha da’volar ko‘rmasdan qoldirilgan.

O‘zbekistonda 2025 yilning o‘tgan 9 oyi davomida sudlarga nikohdan ajratish bo‘yicha 52 mingdan ortiq ariza berilgan, 27 mingdan ortiq nikoh bekor qilingan. Bu haqda Oliy sudning shu davrda sudlar tomonidan ko‘rib chiqilgan fuqarolik ishlari yuzasidan bergan axborotida ma’lum qilindi.

Oliy sud axborotiga ko‘ra, o‘tgan 9 oy davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 8,2 trln. so‘mdan ziyod majburiy to‘lovlar (voyaga yetmagan bolalar uchun aliment, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan talablar, kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlik to‘lovlari va boshqalar)ni undirish haqida 1 135 823 ta sud buyrug‘i chiqarildi.

Shuningdek, 472 932 ta fuqarolik ishi ko‘rib chiqilib, ularning 365 164 tasi bo‘yicha talablar qanoatlantirilgan bo‘lsa, 56 804 tasi bo‘yicha talablarni qanoatlantirish rad qilingan, 45 682 tasi bo‘yicha da’volar ko‘rmasdan qoldirilgan bo‘lsa, 5 282 tasi bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan.

Ko‘rib tamomlangan fuqarolik ishlaridan 151 519 tasi bitimlar, 52 507 tasi nikohdan ajratish, 19 493 tasi uy-joy munosabatlari, 14 595 tasi alohida toifadagi ishlar, 9 116 tasi o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joy yoki qurilmani buzish, 2 835 tasi otalikni belgilash bilan bog‘liq va boshqa toifadagi ishlar tashkil qiladi.

Nikohdan ajratishga oid ko‘rib tamomlangan ishlarning 27 578 tasi bo‘yicha da’vo talablari qanoatlantirilgan (nikohlar bekor qilingan), 18 430 tasi bo‘yicha da’vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan (nikohlar bekor qilinmagan), 4 658 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan hamda 1 841 ta da’vo bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan.

2 375 ta ishga tiklashga doir ko‘rib tamomlangan ishlarning 1 053 tasi bo‘yicha da’vo talablari qanoatlantirilgan, 911 tasi bo‘yicha da’vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan, 361 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan hamda 50 ta da’vo bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan.

Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atlari tomonidan apellyatsiya tartibida 9 672 ta ish ko‘rib chiqilgan.. Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 1 720 ta qaror bekor qilinib, 587 ta sud qarori o‘zgartirilgan. Kassatsiya tartibida 6 357 ta ish ko‘rib chiqilgan. Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 1 243 ta qaror bekor qilinib, 541 ta sud qarori o‘zgartirilgan. Taftish tartibida 4 267 ta ish ko‘rib chiqilgan. Quyi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 363 ta qaror bekor qilinib, 106 ta sud qarori o‘zgartirilgan.

Oliy sudning Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida 257 ta ish ko‘rib chiqilgan. Quyi sudlar tomonidan chiqarilgan 130 ta qaror bekor qilinib, 35 ta sud qarori o‘zgartirilgan.

Mavzuga oid