Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda pensionerlar soni 4,2 mln nafardan oshdi
Eng ko‘p pensiya oluvchilar Farg‘ona (500,8 ming nafar), Samarqand (451,6 ming nafar) va Andijon (399 ming nafar) viloyatlarida.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonda pensiya oluvchilarning umumiy soni 4 mln 241,8 ming nafarni tashkil etdi.
Shulardan 3 mln 514,1 ming nafar fuqaro yoshga doir pensiya, 482,1 ming nafari nogironlik pensiyasi, 245,6 ming nafari esa boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olmoqda.
Hududlar kesimida eng ko‘p pensiya oluvchilar Farg‘ona (500,8 ming nafar), Samarqand (451,6 ming nafar) va Andijon (399 ming nafar) viloyatlarida.
Eng kam pensiya oluvchilar esa Sirdaryo (108,9 ming nafar), Navoiy (142,1 ming nafar) va Jizzax (145,2 ming nafar) viloyatlarida qayd etilgan.
Mavzuga oid
18:49 / 05.01.2026
Bayden AQSh sobiq prezidentlari orasida eng yuqori pensiyani olishi aniqlandi
21:02 / 29.12.2025
Yanvar oyi pensiya to‘lovlari 5 yanvarda bank kartalariga yuklanadi
19:53 / 13.12.2025
O‘zbekistonda 100 yoshdan oshgan pensionerlar soni ma’lum qilindi
15:41 / 13.11.2025