Iqtisodiyot | 19:15 / 19.10.2025
3945
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni kompaniyasi Samarqandda IES quradi

Yil yakuniga qadar Parkent tumanida yirik energiya saqlash tizimini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Foto: O‘zbekiston 24

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Samarqand viloyatida yangi IES qurish ishlari boshlanishini ma’lum qildi.

“Saudiya Arabistonining Pemco kompaniyasi yil oxirigacha Samarqand viloyatida quvvati 200 MVt bo‘lgan yangi gaz-porshenli IES qurish ishlarini boshlaydi”, dedi u.

Mirzamahmudovning qo‘shimcha qilishicha, hozirda yangi shamol va quyosh stansiyalari bo‘yicha amaliy ishlar boshlangan. Shuningdek, yil yakuniga qadar Parkent tumanida yirik energiya saqlash tizimini ishga tushirish rejalashtirilgan. 

Bundan tashqari, vazirning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentda qurilayotgan yangi aeroport ekspluatatsiyasi uchun qayta tiklanuvchi yoqilg‘i ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Bu borada Saudiya Arabistonining Vision Invest va AQShning Air Producs kompaniyalari bilan yangi ekologik barqaror aviatsiya yoqilg‘isi (SAF) ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid