Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazir yosh bolani qutqarib qolgan talabani taqdirladi
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Yangihayot tumanida 4-qavat balkonidan tushib ketish xavfida bo‘lgan bola aks etgan videolar tarqalgandi.
Toshkent shahrining Yangihayot tumanida qarovsiz qolgan yosh bolani qutqarib qolgan Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabasi Muhriddin Ilashov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tomonidan taqdirlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Qo‘ng‘irotboy Sharipov Muhriddin Ilashovga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘asini topshirgan.
“Vazir yosh qahramonning bu ishi nafaqat o‘zi ta’lim olayotgan institut, balki barcha yoshlar uchun ibrat bo‘lishini ta’kidlab, yoshlarda insonparvarlik, vatanparvarlik va jasorat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash muhimligini qayd etdi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Yangihayot tumanida 4-qavat balkonidan tushib ketish xavfida bo‘lgan bola aks etgan videolar tarqalgandi.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, bola 5-qavatda istiqomat qiladigan talaba yigit tomonidan qutqarib qolingan.
Mavzuga oid
15:47 / 25.06.2026
Toshkentda tug‘uruqqa sog‘lom kirgan 21 yoshli ayol ikki oydan buyon og‘ir ahvolda
12:29 / 25.06.2026
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
20:26 / 20.06.2026
«Shunchaki yashash jonimga tegdi». Krasnodarda 19 yoshli talaba odamlarga pichoq bilan hujum qildi
09:49 / 19.06.2026