Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Nasaf» Osiyo Chempionlar Ligasida uchinchi o‘yinni ham yutqazdi
O‘zbekiston chempioni turnirda o‘ta muvaffaqiyatsiz ishtirok etmoqda.
Foto: Shabab Al Ahli FC
OFK Elit Osiyo Chempionlar Ligasida 3-tur o‘yinlari boshlandi.
O‘zbekiston chempioni «Nasaf» safarda «Shabab Al-Ahliy» klubi bilan o‘ynadi va 1:4 hisobida yutqazdi.
Mezbonlar safida Kartabia, Renan, Mateusao va Breno, mehmonlar tarkibida Zafarmurod Abdirahmatov darvozani ishg‘ol etdi.
Bu Ro‘ziqul Berdiyev jamoasining nufuzli musobaqada qatorasiga uchinchi mag‘lubiyati bo‘ldi: «Nasaf» turnir jadvalida so‘nggi o‘rinda bormoqda. «Shabab Al-Ahliy» 7 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
«Nasaf» navbatdagi o‘yinni 3 noyabr kuni o‘z maydonida «Al-Vahda» (BAA) klubiga qarshi o‘tkazadi.
Elit OChL. G‘arb mintaqasi. 3-tur
21 oktabr, Dubay (BAA)
«Shabab Al-Ahliy» 4:1 «Nasaf»
Gollar: Federiko Kartabia (9), Renan Viktor (27), Mateusao (41), Breno (90+5) - Zafarmurod Abdirahmatov (10)
«Shabab Al-Ahliy»: Hamad Abdulla, Bogdan Planich, Said Izzatullohiy, Munas Dabbur, Federiko Kartabia, Renan Viktor, Lima (Breno 71), Mirsad Sayfiy (Igor Gomes 71), Mateusau Silva (Kavan Silva 71), Bala, Nemanya Maksimovich
«Nasaf»: Oleksandr Vorobey, Alibek Davronov, Adenis Shala (Husayn Norchayev 62), Zafarmurod Abdirahmatov (Diyorbek Abdunazarov 80), Dragan Cheran, Sharof Muhitdinov (Oybek Bozorov 46), Igor Golban (Javohir Sidiqov 62), Sardorbek Bahromov, Shuhrat Muhammadiyev (Stefan Cholovich 46), Sherzod Nasrullayev, Umarbek Eshmurodov.
Ogohlantirishlar: Zafarmurod Abdirahmatov (21), Sherzod Nasrullayev (26), Javohir Sidiqov (72)
Mavzuga oid
21:37 / 10.04.2026
Superligada hakamlik mojarosi. PFL hakamlar markazidan VAR yozuvini so‘radi
22:51 / 04.04.2026
Superliga. “Neftchi” yana yirik g‘alabaga erishdi, “Buxoro” mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi
16:56 / 03.04.2026
Eron futbolida nima gap?
10:00 / 29.03.2026