Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OChL-2. «Andijon» qatorasiga uchinchi o‘yinni golsiz durang bilan yakunladi
Andijonliklar hujumlarni muvaffaqiyatli yakunlashda muammolarga duch kelmoqda.
Osiyo Chempionlar Ligasi 2 guruh bosqichidan o‘rin olgan «Andijon» va Bahraynning «Al-Xolidiya» o‘rtasidagi bahs golsiz yakunlandi. Ushbu turnir nufuzi jihatidan Osiyo Chempionlar Ligasi Elit musobaqasidan keyingi o‘rinda turadi.
22 oktabr kuni Andijonda o‘tkazilgan bahsda tomonlar darvozani ishg‘ol qilolmadi, natijada mezbonlar qatorasiga uchinchi o‘yinni golsiz yakunladi.
Bu natijadan so‘ng, «Andijon» 3 ochko jamg‘ardi va guruhda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. «Al-Xolidiya» 5 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
«Andijon» turnirdagi navbatdagi o‘yinini 5 noyabr kuni safarda yana «Al-Xolidiya»ga qarshi o‘tkazadi.
OChL-2. Guruh bosqichi, 3-tur
22 oktabr, Andijon
«Andijon» 0–0 «Al-Xolidiya» (Bahrayn)
Bosh hakam: Ahmad Yoqub Ibrohim (Iordaniya)
«Andijon»: Erjan Tokotayev, Sunnatulloh Hamidjonov, Shahzod Azmiddinov, Otabek Jo‘raqo‘ziyev (Shohjahon Yorqinboyev 79), Sardorbek Azimov, Damir Temirov (Saidumarxon Saidnurullayev 73), Usmonali Ismonaliyev, Doniyor Abdumannopov (Ismoil Akinade 74), Muhammadkarim Toirov, Kristian Novak, Bektemir Abdumannonov
«Al-Xolidiya»: Rikardo Manuel, Said Ziyo, Ahmad Bugammar, Klayd O'Konnel (Hazza Ali 46), Gleyson Uilson, Komil Al-Asvad, Saididdin Buhra (Muhammad Odil 62), Mendi Dominik, Ayub Amlud, Ayman Dairani, Joel Beya (Muhammad Romaihiy 71)
Mavzuga oid
16:27 / 26.06.2026
Andijonda suv va oqova suv tizimlarining rekonstruksiyasi boshlandi
08:21 / 25.06.2026
Andijonda 1980-yillarda qurilgan magistral suv tarmog‘i yangilanadi
22:54 / 24.06.2026
Odamlar turmushini yaxshilashga qaratilgan o‘zgarishlar o‘n yillab cho‘zilmasligi kerak - Saida Mirziyoyeva
11:00 / 22.06.2026