Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona va Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi fosh etildi
Tezkor tadbir davomida Toshloq tumanidagi dorixonalardan biridan tegishli hujjatlari bo‘lmagan 184 turdagi 376,5 mln so‘mlik dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departamen
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshloq tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbirlar chog‘ida “S.M.” MChJ rahbari U.D. “Shodlik” MFY hududidagi dorixonasida 9 quti hamda “N.” xususiy korxonasiga tegishli dorixona sotuvchisi I.M. (muqaddam sudlangan) 10 quti tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari bo‘lgan “Omnadren 250” nomli dori vositasini shifokor retseptisiz sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, tezkor tadbir davomida “S.M.” MChJ dorixonasidan tegishli hujjatlari bo‘lmagan 184 turdagi 376,5 mln so‘mlik dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Chilonzor tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa “A-S.” MChJ dorixonasi sotuvchisi K.Sh. fuqaroga tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari bo‘lgan 300 dona “Benzonal” nomli dori vositasini shifokor retseptisiz sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
12:57 / 06.11.2025
Navoiy viloyatida noqonuniy marmar qazib olish: zarar 339 mln so‘mga baholanmoqda
10:13 / 06.11.2025
Bosh prokuraturada Raqamli texnologiyalar markazi tashkil etiladi
14:55 / 05.11.2025
Qibray: 54 ming dollarlik “yer bitimi” tezkor tadbirda to‘xtatildi
12:00 / 05.11.2025