Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Serbiya Birinchi xonimlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Ziroat Mirziyoyeva bilan Tamara Vuchich muloqoti chog‘ida xalqlar o‘rtasidagi aloqalar, gumanitar va madaniy hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.
28 oktabr kuni Toshkentdagi Ko‘ksaroy qarorgohida Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va rafiqasining tashrifi doirasida rasmiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva bilan Serbiya Birinchi xonimi Tamara Vuchich uchrashdi. Norasmiy muloqot chog‘ida xalqlar o‘rtasidagi aloqalar, gumanitar va madaniy hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi kelishuvlar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni yanada mustahkamlashiga ishonch bildirildi.
Shundan so‘ng, Ziroat Mirziyoyeva va Tamara Vuchich madaniy dasturda qatnashdi. Oliy martabali mehmonga O‘zbekiston xalq amaliy san’ati ko‘rgazmasi va an’anaviy marosimlari namoyish etildi.

Uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda o‘tib, hamkorlikni yanada mustahkamlashga intilish qat’iy ekanini tasdiqladi.





Mavzuga oid
08:35 / 06.06.2026
Serbiyada og‘ir vaziyatda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
15:00 / 03.06.2026
Belgraddagi global konferensiyada O‘zbekistonning gender tenglik borasidagi tajribasi taqdim etildi
22:15 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Serbiya prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
08:58 / 13.05.2026