Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda o‘g‘il bolalar ko‘proq tug‘ilmoqda
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-sentabr oylarida FHDYo organlarida 664,6 mingta tirik tug‘ilish qayd etildi. Ularning 51,7 foizi - o‘g‘il (343,6 ming), 48,3 foizi - qiz (321,0 ming). Tug‘ilish intensivligi har ming aholiga 23,5 ni tashkil etdi.
2025 yilning to‘qqiz oyida respublika bo‘ylab 664,6 ming chaqaloq dunyoga keldi. Jins kesimida o‘g‘il bolalar ulushi 51,7 foiz (343,6 ming), qiz bolalar ulushi esa 48,3 foiz (321,0 ming) bo‘ldi. Bu taxminan har 100 qiz bolaga 107 o‘g‘il to‘g‘ri kelishini anglatadi.
Tug‘ilishlar geografiyasiga ko‘ra, qishloq joylarda 345,3 ming (52 foiz), shahar joylarda 319,3 ming (48 foiz) holat qayd etilgan. Qo‘mita ma’lumotlariga binoan, umumiy tug‘ilish koeffitsiyenti — 23,5 foiz (har ming aholiga 23,5 ta tug‘ilish).
Mutaxassislar jinsiy nisbatdagi bunday ustunlik biologik omillar bilan izohlanishini, shu bilan birga demografik jarayonlarning hududiy, ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatlari ham roli borligini qayd etadi.
Mavzuga oid
15:44 / 08.01.2026
Qurilish statistikasi: 27,7 trln so‘mlik ishlar bajarildi
14:04 / 07.01.2026
O‘zbekistonliklarning Italiyaga safarlari 25 foizga oshdi
09:40 / 07.01.2026
Farg‘ona va Samarqandda rezina-plastmassa ishlab chiqarish 1 trln so‘mdan oshdi
14:25 / 06.01.2026