O‘zbekiston | 18:02 / 03.11.2025
37169
2 daqiqa o‘qiladi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Bekmurod Abdullayev Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimini, Rustam Tursunov Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i lavozimini tark etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev qarori bilan Bekmurod Tojimirzayevich Abdullayev O‘zbekiston ichki ishlar vazirining o‘rinbosari  Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Abdullayev muqaddam Milliy gvardiya qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan, 2021 yil aprel oyidan buyon ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlayotgandi.

Shuningdek, prezidentining farmoyishi bilan Rustam Rahmonovich Tursunov O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

Rustam Tursunov

Rustam Tursunov 2017–2018 yillarda Jizzax viloyati IIB boshlig‘i, 2018 yildan Navoiy viloyati IIB boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan. 2021 yil fevral oyida Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.

Mavzuga oid