Sport | 21:09 / 03.11.2025
6398
2 daqiqa o‘qiladi

«Nasaf» Osiyo Chempionlar Ligasida to‘rtinchi o‘yinni ham yutqazdi

O‘zbekiston chempioni turnirda o‘ta muvaffaqiyatsiz ishtirok etmoqda.

Foto: The AFC

OFK Elit Osiyo Chempionlar Ligasida 4-tur o‘yinlari boshlandi.

O‘zbekiston chempioni «Nasaf» o‘z maydonida «Al-Vahda» klubi bilan o‘ynadi va 1:2 hisobida yutqazdi.

Mezbonlar safida Sardor Bahromov, mehmonlar tarkibida Ogbu va Kayo darvozani ishg‘ol etdi.

Bu Ro‘ziqul Berdiyev jamoasining nufuzli musobaqada qatorasiga to‘rtinchi mag‘lubiyati bo‘ldi. «Nasaf» turnir jadvalida so‘nggi o‘rinda, «Al-Vahda» 10 ochko bilan peshqadamlar safida boryapti.

«Nasaf» navbatdagi o‘yinni 24 noyabr kuni o‘z maydonida «Traktorsoziy» (Eron) klubiga qarshi o‘tkazadi.

Elit OChL. G‘arb mintaqasi. 4-tur

3 noyabr, Qarshi, Markaziy stadion

«Nasaf» 1:2 «Al-Vahda» (BAA)

Gollar: Sardor Bahromov (42) – Favor Ogbu (52), Kayo (89)

Bosh hakam: Xolid Solih (Saudiya Arabistoni)

Nasaf: Abduvohid Ne’matov, Alibek Davronov, G‘olib G‘aybullayev (Igor Golban 66), Adenis Shala (Oybek Bozorov 66), Zafarmurod Abdurahmatov (Diyor Abdunazarov 83), Dragan Cheran (Yusuf Otubanjo 66), Sharof Muhiddinov, Husayn Norchayev, Stefan Cholovich (Suhrob Nurulloyev 76), Sardor Bahromov, Sherzod Nasrullayev

«Al-Vahda»: Muhammad Hasan, Lukas Pimenta, A’louddin, Muhammad Qurboniy, Dushan Tadich, Fakundo Krupski, Ruben Filipe, Bernandu Pereyra (Kayo 60), Jadsom Mimyas, Favor Ogbu, Brahima Diarra

Ogohlantirishlar: G‘olib G‘aybullayev (52), Stefan Cholovich (71), Zafarmurod Abdurahmatov (77), Brahima Diarra (77), Jadsom Mimyas (78)

Mavzuga oid