Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo yoshlar o‘yinlarining sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston delegatsiyasi Bahraynda o‘tkazilgan musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, 37 ta oltin, 16 ta kumush va 28 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
Bahraynda o‘tkazilgan III Osiyo yoshlar o‘yinlarida O‘zbekiston tarkibida medallarni qo‘lga kiritgan sportchilar va murabbiylarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Milliy Olimpiya qo‘mitasida sportchilar va ularning murabbiylariga bir martalik pul mukofotlari taqdim etildi. Jumladan, oltin medal egalariga 2000 dollar, kumush medal egalariga 1000 dollar, bronza medali egalariga 500 dollar miqdorida mukofot berildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, 37 ta oltin, 16 ta kumush va 28 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
Tadbirda prezidentning sport bo‘yicha vakili Odil Abduraxmanov, shuningdek, Sport vazirligi va MOQ rahbariyati, musobaqada shohsupaga ko‘tarilgan sportchilar va ularning yaqinlari ishtirok etdi.
Rasmiylar yosh atletlarni qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyat bilan qutladi.



Mavzuga oid
21:43 / 10.11.2025
Prezident kasaba uyushmalari xodimlaridan bir guruhini taqdirladi
22:14 / 31.10.2025
Toshkent 2029 yilda IV Osiyo yoshlar o‘yinlariga mezbonlik qiladi
18:16 / 31.10.2025
O‘zbekiston yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarida tarixiy natijani qayd etdi
19:19 / 23.08.2025