Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston AQSh fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etdi
O‘zbekiston prezidentining 2025 yil 3 noyabrdagi farmoni bilan 2026 yil 1 yanvardan boshlab AQSh fuqarolari uchun vizasiz tartib belgilandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Unga muvofiq, AQSh fuqarolari O‘zbekiston hududiga kirgan kundan boshlab 30 kungacha vizasiz bo‘lib turish huquqiga ega bo‘ladi.
Farmonda yangi choraning maqsadi ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy va gumanitar aloqalarni, shuningdek, turizmni yanada rivojlantirish uchun sharoit yaratish ekani aytilgan.
Ma’lumot uchun, 2021 yildan buyon O‘zbekistonda AQSh va boshqa davlatlarning 55 yoshga to‘lgan va 30 kungacha bo‘lgan muddatga sayyohlik maqsadida kelayotgan fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilingan.
AQShning barcha fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etish rejalari prezidentning joriy yilning may oyida imzolangan, mamlakatga sayyohlar oqimini keskin oshirish to‘g‘risidagi farmonida e’lon qilingandi.
Shu bilan birga, mazkur hujjatda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga AQShga boruvchi O‘zbekiston fuqarolari uchun viza talablarini yengillashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borish bo‘yicha topshiriq berilgandi.
Mavzuga oid
17:59 / 20.11.2025
Turizm bo‘yicha qaror: Vizasiz rejim amal qiladigan davlatlar soni ko‘paytiriladi
16:23 / 26.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya vizasiz rejim o‘rnatadi
16:41 / 25.06.2025
Eron fuqarolari uchun O‘zbekistonga vizasiz rejim joriy etilishi mumkin - elchixona
12:13 / 21.05.2025