Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda tuman hokimi o‘rinbosari 15 ming dollar pora bilan ushlandi
U yer ajratish uchun pul talab qilgani ta’kidlanmoqda.
Andijonda yer ajratish uchun pul talab qilgan tuman hokimi o‘rinbosari qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi, ammo qaysi tuman ekaniga aniqlik kiritilmadi.
Qayd qilinishicha, ushbu shaxs tuman hududidan o‘tgan katta yo‘l bo‘yidagi 400 metr uzunlikdagi suv yo‘lini yopiq tizimga o‘tkazgan holda, yuzaga keladigan 60 sotix maydonda 8 ta savdo do‘koni qurish uchun yer ajratish va tegishli hujjatlarni yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib berishini aytib, fuqarodan 15 ming dollar talab qilgan.
Mansabdor kelishilgan pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ish ochilib, qamoqqa olish tarzida ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Mavzuga oid
10:01 / 12.05.2026
Buxoroda hokim o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi
18:41 / 11.05.2026
Toshkentda gaz ta’minoti bo‘limi xodimi 21 ming dollar bilan ushlandi
19:01 / 10.05.2026
Andijonda “Lasetti” zovurga tushib ketdi
21:51 / 08.05.2026