Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metrosi bekatlarida kichik kutubxonalar tarmog‘i ochildi
«Turon kitob bekati» deb nomlangan loyiha doirasida mahalliy va xorijiy mualliflarning asarlari joylashtirilgan kitob javonlari metro bekatlariga joylashtirildi.
Toshkent metropolitenining «Alisher Navoiy» va «Paxtakor» bekatlari o‘tish qismida kitob javonlari o‘rnatildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, «Turon Bank», Transport vazirligi va Toshkent metropoliteni hamkorligida amalga oshirilgan loyiha doirasida yo‘lovchilar bekatdan-bekatgacha kitob o‘qishi va ularni Mutolaa loyihasi orqali buyurtma qilishi mumkin.

«Turon kitob bekati» deb nomlangan loyiha doirasida mahalliy va xorijiy mualliflarning asarlari joylashtirilgan kitob javonlari metropolitenning «Turkiston», «Ipak yo‘li», «Beruniy», «Chilonzor», «Mingo‘rik», «Toshkent», «Do‘stlik» metro bekatlarida ham o‘rnatildi. Kelgusida kutubxonalarni yerosti va yerusti metropoliten liniyalarining boshqa bekatlariga ham o‘rnatish ko‘zda tutilmoqda.
Qayd qilinishicha, loyihani amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad yo‘lovchilarning «safarini mazmunli va foydali qilish, bilim, ma’rifat va kitobxonlik madaniyatini yo‘llar, bekatlar, metro yo‘nalishlarida targ‘ib etishdan» iborat.
Mavzuga oid
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
18:45 / 27.06.2026