O‘zbekiston | 15:33 / 08.11.2025
1225
2 daqiqa o‘qiladi

Bir yarim yilda ekologik jinoyatlar bo‘yicha 400 dan ortiq shaxs sudga tortildi

Sud amaliyoti tahliliga ko‘ra, 2024 yil va 2025 yilning birinchi yarmi davomida ekologiya hamda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi jinoyatlar bo‘yicha 220 ta ish ko‘rib chiqilib, 403 nafar shaxs sudga tortildi. Ulardan 213 ta ish bo‘yicha 393 nafarga nisbatan hukm chiqarilgan, 7 ta ishda (10 nafar) yurituv tugatilgan.

Foto: Kun.uz

Tahlil davrida ko‘p uchragan jinoyat turlari quyidagilar bo‘ldi:

  • hayvonot/o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish — 2024 yilda 116 nafar, 2025 yil I yarmida 77 nafar sudlangan;
  • ekinzorlar, o‘rmonlar, daraxtlar yoki boshqa o‘simliklarni shikastlash/nobud qilish — 2024 yilda 73 nafar, 2025 yil I yarmida 21 nafar sudlangan.

Hududlar bo‘yicha: 2024 yil: Qoraqalpog‘iston R. — 15 foiz, Jizzax — 12 foiz, Sirdaryo — 12 foiz, Surxondaryo — 11 foiz, Farg‘ona — 10 foiz. 2025 yilning birinchi yarmi: Qoraqalpog‘iston R. — 26 foiz, Samarqand — 23 foiz.

Shu davrda sudlar tomonidan ekologiyaga oid 2 466 ta ma’muriy ishda 2 737 nafar ko‘rilgan, 2 235 ta ish bo‘yicha 2 478 nafarga ma’muriy jazo qo‘llangan, 231 ta ishda 259 nafarga nisbatan yurituv tugatilgan. Ma’muriy ishlarning yarmidan ko‘pi Qoraqalpog‘iston R., Buxoro, Samarqand, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ko‘rsatkichlar, ayniqsa Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Samarqand viloyatida ekologik jinoyatlar hamda huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi.