Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada sifatsiz dori va tibbiy buyumlar savdosining oldi olindi
Ularning umumiy bahosi 163,6 mln so‘mni tashkil etadi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘qon shahar bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tezkor tadbir davomida qonunga xilof ravishda dori vositalari bilan shug‘ullanib kelgan M.A. “A.Ikromov” va “Saodat” MFY hududidagi xonadonlarda xorijda ishlab chiqarilgan, sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 11 turdagi 2 411 quti dori vositalari hamda tibbiy buyumlarni sotish maqsadida saqlab kelganligi aniqlanib, ushbu vositalar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Xabar qilinishicha, ularning umumiy bahosi 163,6 mln so‘mni tashkil etadi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
20:03 / 05.07.2026
Retsept asosida sotiladigan qariyb 2500 nomdagi dori narxlari pasaytirildi
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
11:35 / 10.06.2026