Jamiyat | 19:05 / 14.11.2025
1282
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Tenet Group Gianfranco Ferré Home bilan hamkorlikda MDHdagi ilk premium interer loyihasini amalga oshirmoqda

Butik-developer Tenet Group Italiyaning mashhur interer brendi Gianfranco Ferré Home bilan hamkorlikda Stellar Residence majmuasining interer loyihasini amalga oshiradi. Bu hamkorlik nafaqat O‘zbekistonda, balki butun MDH hududida Gianfranco Ferré Home brendining ilk interer loyihasi bo‘lishi bilan ahamiyatli.

Foto: Tenet Group

Loyiha bo‘yicha rasmiy kelishuv Italiyada imzolangan.

«Bizning strategik qarashlarimiz — arxitektura, dizayn va mohiyat yagona mazmunda mavjud bo‘lgan muhitni shakllantirishdir. Gianfranco Ferré Home bilan bu g‘oya o‘z ifodasini topmoqda», — deb ta’kidladi Tenet Group butik-developer asoschisi Tuxfatxo‘ja Anvarxo‘jayev.

Gianfranco Ferré Home brendi xalqaro Oniro Group tarkibiga kiradi — bu guruh Roberto Cavalli Home Interiors, ETRO Home Interiors, Jacob & Co Haute Living kabi yirik luxury-dizayn brendlarini birlashtiradi.

Andrea de Felip, Italiyaning Toshkentdagi elchixonasi muvaqqat ishlar vakili:

Italiya kompaniyalarining O‘zbekistondagi muhim tashabbuslarda ishtirok etayotgani quvonarlidir. Bunday loyihalar turli sohalarni birlashtiradi va kelgusi hamkorlik uchun turtki bo‘ladi.

Loyiha doirasida Gianfranco Ferré Home Stellar Residence ko‘p funksiyali premium majmuasining interer yechimlarini ishlab chiqmoqda. Hamkorlik doirasida brend namunaviy apartamentlar, shuningdek, majmuadagi barcha lobbi zonalari uchun eksklyuziv interer konsepsiyasini yaratadi.

Bu yechimlar o‘z ichiga mebellar, yoritish tizimlari va dekorativ elementlarni qamrab oladi. Ayrim mebellar va interer jihozlari faqat ushbu loyiha uchun maxsus ishlab chiqilmoqda — bu Stellar Residence'ni o‘zgacha noyob dizayn yechimlari bilan ajratib turadi. Bu hamkorlik natijasida Gianfranco Ferré Home nafaqat o‘zining xos estetikasini taqdim etmoqda, balki O‘zbekiston interer savdo sohasida yangi darajani belgilayotgani bilan ham ahamiyatli.

Tenet Group — yangi avlod butik-developeri bo‘lib, arxitekturaga ma’no va barqarorlik vositasi sifatida yondashadi. Kompaniya loyihalari an’anaviy development doirasidan chiqib, shaharning estetik qiyofasi va jamoat tafakkuriga ta’sir ko‘rsatishni maqsad qiladi.

Gianfranco Ferré Home brendi falsafasi dizayner Janfranko Ferrening merosiga asoslangan bo‘lib, u butun dunyoga “moda arxitektori” sifatida tanilgan va uning chiziq aniqligi, proporsiya hissi va material bilan ishlash madaniyati bugun interer dizaynga ko‘chgan.

Oniro Group haqida

Oniro Group italyan dizaynining mohiyatini namoyon etadi — bu hunarmandchilik mahorat va ijodiy jasoratning uyg‘unligidir. Guruh “Through time, beyond time” (vaqt orqali, vaqtdan tashqari) falsafasiga amal qiladi — bu meros va yangilikka intilish uyg‘unligini anglatadi. Tarkibidagi brendlar qatorida Jumbo Collection, JCP Universe va Baleri Italia kabilarni ko‘rish mumkin. Shuningdek, Oniro Group hamkorlik asosida Gianfranco Ferré Home, Roberto Cavalli Home Interiors, ETRO Home Interiors va Jacob & Co Haute Living kabi kolleksiyalar ishlab chiqadi va taqdim etadi.

Manzil: Shahrisabz tor ko‘chasi 2

Sayt | Instagram | Telegram | Youtube

Telefon: (55) 550 00 00

Reklama huquqi asosida

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin