Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda zargarlik buyumlarini ichki a’zolariga yashirib olib kirmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘lga tushdi
“Istanbul–Andijon” yo‘nalishi bilan uchib kelgan uch nafar ayol 225,3 gramm zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishga uringan.
Andijon aeroportida tilla taqinchoqlarni ichki a’zolariga yashirib olib kirmoqchi bo‘lgan uch ayol qo‘lga tushdi, deb xabar berdi viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati.
Xabarga ko‘ra, Andijon aeroportida “Istanbul–Andijon” yo‘nalishi bilan uchib kelgan bir guruh yo‘lovchilar bojxona xodimlarida shubha uyg‘otgan.


Belgilangan tartibda shaxsiy ko‘rik o‘tkazilganida, uch nafar ayol tomonidan umumiy miqdori 225,3 gr bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini ichki a’zolariga yashirilgan xolda olib o‘tishga urinishlari fosh etilgan.
Mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda protsessual hujjatlar rasmiylashtirildi. Dastlabki baholashga ko‘ra, ushlab qolingan taqinchoqlarning qiymati 200 million so‘mni tashkil etadi. Taqinchoqlar vaqtincha saqlovga olingan.
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026