Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy sotganlar ushlandi
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax shahri bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “H.A.” xususiy korxonasi rahbari J.R. va dorixona sotuvchisi I.R. tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud bo‘lgan 136 dona “Omnadren 250” nomli dori vositasini fuqaro M.X.ga 7,3 mln so‘mga shifokor retseptisiz sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, Departamentning Zafarobod tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.U. turli nomdagi tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud bo‘lgan 602 dona dori vositalarini 2,3 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
17:11 / 19.05.2026
Andijonda qo‘lbola tarzda dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi
17:57 / 17.05.2026
Jizzaxdagi savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi
07:50 / 06.05.2026
Jizzaxda poyezd ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan bolani tok urdi
21:30 / 24.04.2026