Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilishda hamkorlikni mustahkamlash va mintaqaning umumiy farovonligini yanada oshirish uchun keng ko‘lamli imkoniyatlar ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi siyosat idoralari rahbarlari yig‘ilishida ishtirok etdi.
"Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik doirasida Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonlik hamkasblarim bilan samarali yig‘ilish o‘tkazdik. Hamkorlikni mustahkamlash va mintaqamizning umumiy farovonligini yanada oshirish uchun keng ko‘lamli imkoniyatlarni ko‘rib chiqdik, - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘z Telegram-kanalida.


Vazirning bildirishicha, muhokamalar bir qator muhim masalalarga, jumladan, sammit kun tartibi loyihasi, asosiy qarorlar va Markaziy Osiyoda hamkorlikning kelajakdagi yo‘nalishini belgilaydigan yakuniy hujjatlar ro‘yxatiga qaratildi.
Mavzuga oid
18:47 / 18.06.2026
Qozog‘iston Markaziy Osiyoda eng ko‘p ichadigan davlat bo‘lib chiqdi - tadqiqot
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
17:53 / 08.06.2026