Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda 2 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari joriy yilning o‘tgan davrida zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq 55 ta huquqbuzarlik holatlariga chek qo‘yishdi.
Foto: Bojxona qo‘mitasi
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda Andijon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda oldindan kuzatuvga olingan shaxs boshqa bir shaxsdan zargarlik buyumlari joylangan jo‘natmani qabul qilib olayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Jo‘natma belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganida, uning ichida maxsus tayyorlangan 3 ta o‘ramda umumiy og‘irligi 1 kg 138 gr og‘irlikdagi va tilladan ishlangan 175 dona tayyor zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.


Sifati va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan mazkur tilla taqinchoqlarning dastlabki qiymati taxminan 2 milliard so‘mni tashkil etmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari joriy yilning o‘tgan davrida zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq 55 ta huquqbuzarlik holatlariga chek qo‘yishdi. Natijada, qiymati 6 mlrd. so‘mdan ortiq 7,5 kg og‘irlikdagi zargarlik buyumlari vaqtincha saqlovga olingan.
Mavzuga oid
08:34
Qayta ishlangan mahsulotlarga bojxona imtiyozlari qo‘llanadi
17:11 / 19.05.2026
Andijonda qo‘lbola tarzda dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
19:01 / 10.05.2026