Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiyada qiyin vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
Pasport amal qilish muddati tugagan fuqaro Chexiyada huquqiy qiyinchiliklarga duch kelgan.
Chexiyada muayyan huquqiy va moliyaviy muammolar tufayli qiyin ahvolda qolgan vatandoshimiz mamlakatimizning diplomatik vakolatxonasi vakillari ko‘magida Vatanga qaytarildi, deb xabar berdi "Dunyo" AA.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro U.M. 2017 yilda Polsha orqali Chexiyaga ishlash maqsadida kelgan bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan biometrik pasportining amal qilish muddati tugab qolgan.
Hujjatni o‘z vaqtida yangilamagani sababli u mamlakatda huquqiy jihatdan noqulay vaziyatga tushib qolgan.
U O‘zbekiston elchixonasining konsullik bo‘limiga murojaat qilgan.
“Elchixona xodimlari tomonidan o‘z vaqtida ko‘rsatilgan yordam va XMT bilan samarali hamkorlik mamlakat tashqarisidagi har bir fuqaro e’tibordan chetda qolmasligi, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
18:05 / 13.07.2026
Lukashenko migrantlarni Belarusga jalb qilish shartlarini tushuntirdi
18:43 / 08.07.2026
Rossiyada chet el fuqarolarining yashashi qoidalarini kuchaytiradigan qonun qabul qilindi
11:55 / 02.07.2026