Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda ta’lim tizimi mansabdorlari tashkil etgan «bunker» fosh etildi
Bu yerda pul evaziga o‘qituvchilarga malaka toifalarini belgilash uchun o‘tkazilgan attestatsiya imtihonlarida masofadan yordam ko‘rsatilgan. Bunday xizmat uchun sentabr-oktyabr oylarida o‘qituvchilardan jami 25 ming dollar yig‘ib olingani ma’lum bo‘ldi.
Foto: DXX matbuot xizmati
Namangan shahridagi xonadonlardan birida tashkil etilgan «bunker» fosh etildi.
Bu yerda Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori o‘rinbosari, Namangan davlat texnika universiteti bo‘lim boshlig‘i hamda ushbu bo‘lim mutaxassisi va boshqalar o‘zaro til biriktirib, malaka toifalarini belgilash uchun o‘tkazilgan attestatsiya imtihonlari doirasida test sinovlarini topshirishda pedagog o‘qituvchilarga moddiy manfaat evaziga masofadan turib yordam berishgani aniqlandi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Namangan shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu manzilda test savollarini yechishga jalb qilingan 12 nafar o‘qituvchi borligi aniqlanib, noutbuk, 30 dona har xil turdagi eshitish moslamasi va yashirin kameralar, 8 dona Wi-Fi router va boshqa buyumlar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Tergovga qadar tekshiruv tadbirlari davomida maktab direktori o‘rinbosari va boshqalar imtihon natijalarini ijobiy hal qilib berishga ishontirgan holda, viloyatdagi pedagog o‘qituvchilarning ma’lum bir qismidan 1300-1500 AQSh dollaridan talab qilib, joriy yil sentabr-oktyabr oylarida 25 ming AQSh dollari miqdorida pul mablag‘i yig‘ib olishgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi va 28,211-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, Davlatobod tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori o‘rinbosari hamda «bunker»ni boshqarib kelgan, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro muqaddam aynan shunday jinoyat sodir etgani uchun javobgarlikka tortilgan shaxslar hisoblanadi.
Mavzuga oid
17:44 / 22.11.2025
Namanganda YPX xodimi mashina urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
10:21 / 24.06.2025
50 nafar pedagogni attestatsiyasidan o‘tkazib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
15:41 / 28.04.2025
Bahorgi attestatsiyadan boshlab ayrim pedagoglarga 70 foizlik ustama to‘lanadi
11:58 / 25.04.2025