Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga Polsha biznes doiralaridan iborat delegatsiya tashrif buyuradi
Polsha biznes doiralaridan iborat delegatsiya noyabr oyi so‘nggi haftasida o‘tkaziladigan Birinchi O‘zbekiston–Polsha ishchi guruhi yig‘ilishida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Tashrif davomida Polsha qishloq xo‘jaligi va qishloqlarni rivojlantirish vaziri Stefan Krayevskiy boshchiligidagi biznes delegatsiyasi bilan G2B va B2B formatdagi uchrashuvlar tashkil etiladi.
O‘zbekistonning Varshavadagi elchixonasi ishlab chiqqan dasturga ko‘ra, Stefan Krayevskiy va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abduraxmonov o‘rtasida uchrashuv tashkil etilishi rejalashtirilgan. Unda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va bu borada ikki tomonlama hamkorlik aloqalari muhokama etiladi.
Delegatsiya a’zolari 26–28 noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan "Agro Expo Uzbekistan" xalqaro ko‘rgazmasida Polsha milliy paviloni ochilishida ham ishtirok etadi. Ushbu xalqaro ko‘rgazmada Polshaning 19 ta yetakchi kompaniyasi qatnashishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Polsha vakillari dehqonchilik, chorvachilik, go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash, qand lavlagi va shakar ishlab chiqarish yo‘nalishlari bo‘yicha ham O‘zbekistondagi yetakchi korxona mutaxassislari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Mavzuga oid
10:45 / 29.06.2026
Germaniya Polshaga 300 mln yevrogacha tovon to‘lashi mumkin
16:09 / 21.06.2026
Kiyev va Varshava o‘rtasida – «ordenlar urushi» ketmoqda
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026