Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 1 kunda 10 kishi YTH qurboni bo‘ldi. 6 ta o‘lim holati Jizzaxda kuzatilgan
21 noyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab 10 kishi YTH oqibatida vafot etdi. Noyabr oyining o‘tgan 21 kunida 158 kishi, yil boshidan buyon esa 1 701 kishi yo‘llarda YTH qurboniga aylandi.
Foto: Videodan kadr
21 noyabr kuni respublika bo‘ylab 12 ta YTH sodir bo‘lgan. Ularda jami 10 kishi vafot etgan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Kun.uz tanishgan tezkor ma’lumotda keltirilishicha, YTHlardan Jizzaxda 6 ta, Samarqandda 1 ta, Namanganda 2 ta, Qashqadaryoda 1 ta o‘lim holati kuzatilgan.
Noyabr oyining o‘tgan 21 kunida respublika bo‘ylab 786 ta YTHda jami 158 kishi halok bo‘lgan, 628 kishi tan jarohati olgan. O‘lim holati eng ko‘p kuzatilgan hududlar – Toshkent viloyati (23 kishi), Samarqand (16 kishi), Farg‘ona (15 kishi), Jizzax (14 kishi) va Qashqadaryo (13 kishi) viloyatlari.
2025 yilning 1 yanvaridan 21 noyabr kuniga qadar esa respublikada jami 7 631 ta YTH sodir qilingan. Oqibatda 1 701 kishi yo‘llarda halok bo‘lgan, 5 930 kishi esa turli darajada jarohatlangan.
Avvalroq 21 noyabr kuni Jizzaxda sodir bo‘lgan dahshatli YTHda 5 kishi vafot etgani, Namanganda esa YPX xodimi uning to‘xtash ishorasiga bo‘ysinmagan haydovchi urib ketishi oqibatida halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:00 / 03.12.2025
Yunusobodda YTH oqibatida avtomobil yonib ketdi
11:39 / 03.12.2025
Olmazorda Hongqi va BYD to‘qnashdi
14:14 / 02.12.2025
Jizzaxda avtosanoat uchun kadrlar tayyorlaydigan muhandislik maktabi ish boshladi
12:48 / 02.12.2025