Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chorbog‘ yo‘lida mototsikl haydovchisi YTHga uchrab, vafot etdi
Haydovchi Honda mototsiklini “Chorbog‘–Toshkent” yo‘nalishida yuqori tezlikda boshqarib ketayotib, yo‘l chetidagi temir to‘siqqa borib urilgan. U og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
Foto: IIB YHXB axborot xizmati
Chorbog‘ yo‘lida inson o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, YTH 23 noyabr kuni soat taxminan 14:00 larda Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tuvchi “Bektemir–Chorbog‘” avtomobil yo‘lining 64-km.da sodir bo‘lgan. 1982 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrida yashovchi G.A. o‘zining Honda mototsiklini “Chorbog‘–Toshkent” yo‘nalishida yuqori tezlikda boshqarib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan. So‘ngra yo‘lning o‘ng tomonida o‘rnatilgan temir to‘siqqa borib urilgan.
Haydovchi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasiga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq O‘zbekistonda 1 kunda 10 kishi YTH qurboni bo‘lgani xabar qilingandi. 1-21 noyabr kunlari respublika bo‘yicha YTHlardan eng ko‘p o‘lim holati Toshkent viloyatida qayd etilgan – 23 kishi.
Mavzuga oid
19:53 / 02.02.2026
Samarqanddagi YTH oqibatida velosipedchi halok bo‘ldi
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:01 / 30.01.2026
Bo‘stonliqning Chimyon hududida qor ko‘chkisi kuzatildi
11:50 / 29.01.2026