Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2026 qur’asida uchinchi savatdan joy oldi
FIFA milliy jamoalarning savatlarga taqsimoti haqida ma’lumot berdi.
Foto: UFA
FIFA 2026 yilgi Jahon chempionati qur’asi savatlari haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi 3-savatdan o‘rin oldi.
Milliy jamoalar savatlarga quyidagicha taqsimlandi:

1-savat: Kanada, Meksika, AQSh (mezbonlar), Ispaniya, Argentina, Fransiya, Angliya, Braziliya, Portugaliya, Niderlandiya, Belgiya, Germaniya
2-savat: Xorvatiya, Marokash, Kolumbiya, Urugvay, Shveytsariya, Yaponiya, Senegal, Eron, Janubiy Koreya, Ekvador, Avstriya, Avstraliya
3-savat: Norvegiya, Panama, Misr, Jazoir, Shotlandiya, Paragvay, Tunis, Kot-d’Ivuar, O‘zbekiston, Qatar, Saudiya Arabistoni, Janubiy Afrika
4-savat: Iordaniya, Kabo-Verde, Gana, Kyurasao, Haiti, Yangi Zelandiya, Yevropa pley-off jamoalari (A, B, C, D guruhi g‘oliblari), FIFA qit’alararo pley-off bosqich 1 va 2-g‘oliblari.
Guruhlarni shakllantirishda har bir savatdan bittadan jamoa olinadi. Shu tariqa, 4 ta jamoadan iborat 12 ta guruh yuzaga keladi. Demak, 3-savatdan joy olgan Norvegiya, Panama, Misr, Jazoir, Shotlandiya, Paragvay, Tunis, Kot-d’Ivuar, Qatar, Saudiya Arabistoni va JAR guruh bosqichida O‘zbekistonga raqib bo‘lmaydi. Shuningdek, bitta konfederatsiyadagi jamoalar guruh bosqichida bir-biriga duch kelmaydi. Faqat UYeFA bundan mustasno, chunki ishtirokchilar soni 12 tadan ko‘p.
Guruhda 1- va 2- o‘rinni egallagan jamoalar, shuningdek, uchinchi o‘rinni egallagan jamoalarning eng yaxshi ko‘rsatkichga ega 8 tasi pley-offga chiqadi.
Qur’a tashlash marosimi 5 dekabr kuni AQSh poytaxti Vashingtonda joylashgan «The Kennedy Center» majmuasida o‘tkaziladi. Tadbirda O‘FA rahbariyati, O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro, murabbiylar shtabi hamda FIFA tomonidan maxsus taklif etilgan o‘zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov ishtirok etadi.
JCh-2026 bahslari 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
10:01
Bugun JCh-2026 qur’asi: O‘zbekiston raqiblari aniqlanadi
22:55 / 01.12.2025
Superkompyuter O‘zbekistonning JCh-2026 g‘olibi bo‘lish imkoniyatiga baho berdi
23:44 / 28.11.2025
Eron futbol bo‘yicha jahon chempionati qur’asini boykot qilmoqchi
23:03 / 27.11.2025