Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Navoiy» chegara postida 380 ta «sa’va» qushini noqonuniy olib kirishga urinish fosh etildi
So‘nggi 24 soat ichida «Navoiy» chegara bojxona posti orqali «sa’va» qushlarini noqonuniy olib kirishga qaratilgan ikki urinish aniqlandi. Jami 410 ta qush mutaxassislar nazoratida vaqtincha saqlovga olingan.
«Navoiy» chegara bojxona postida bir kunda «sa’va» qushlarini noqonuniy olib kirishga bo‘lgan 2 ta urinish aniqlangan.
Natijada, barchasi bo‘lib 410 ta shu turdagi qush hozirda mutaxassislar nazorati ostida vaqtincha saqlovga olingan. Holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, qushlar tez orada tabiat qo‘yniga qo‘yib yuboriladi.
24 noyabrdan Samarqandda dunyoning 185 davlatidan kelgan vakillar ishtirokida yovvoyi fauna va flora turlarining yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlari xalqaro savdosini tartibga soluvchi CITES konvensiyasi Tomonlar konferensiyasining 20-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Mavzuga oid
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
21:34 / 13.06.2026