Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Portugaliya o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozondi
Finalda portugaliyalik futbolchilar Avstriyani kichik hisobda mag‘lub etdi. Uchinchi o‘rin Braziliyani penaltilar seriyasida yenggan Italiya o‘smirlariga nasib qildi.
Foto: Getty images
Qatar poytaxti Doha shahrida 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlandi.
27 noyabr kuni finalda Portugaliya va Avstriya to‘qnash keldi. 32-daqiqada Anisio Kabral tomonidan urilgan gol portugaliyaliklarga g‘alaba keltirdi. Natijada Portugaliya tarixda birinchi marta o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi bo‘ldi.
Uchinchi o‘rin Braziliyani penaltilar seriyasida yenggan Italiya o‘smirlariga nasib qildi. Bu o‘yinda asosiy vaqtda hisob ochilmadi.
Musobaqada O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ham ishtirok etib, 1/8 finalda Italiyaga 2:3 hisobida yutqazgan edi.
O‘smirlar o‘rtasidagi FIFA jahon chempionati 1985 yildan beri o‘tkaziladi. Musobaqada Nigeriya eng ko‘p – 5 marta g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, Braziliya 4 marta, Gana va Meksika 2 martadan, Germaniya, Fransiya, SSSR, Saudiya Arabistoni, Shveytsariya va Angliya 1 martadan chempion bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:02 / 01.05.2026
Infantino jonli efirda Isroil va Falastinni yarashtirishga urindi
18:38 / 29.04.2026
FIFA JCh-2026 ishtirokchilariga to‘lanadigan mukofotlarni oshirdi
21:43 / 31.03.2026
FIFA ofsaydni aniqlash qoidalariga o‘zgartirish kiritdi
11:22 / 23.03.2026