Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
Aqto‘be viloyatidagi hodisa vaqtida avtobusda O‘zbekistonning 54 nafar fuqarosi bo‘lgan. YTH oqibatida jabrlanganlar yo‘qligi ta’kidlanmoqda.
Qozog‘iston Respublikasining vakolatli idoralari ma’lumotiga ko‘ra, shu yil 30 noyabr kuni soat 21:00 da «Moskva – Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan VanHool avtobusi Aqto‘be viloyatida yo‘l-transport hodisasiga uchragan. Bu haqda O‘zbekistonning Aqto‘be viloyatidagi konsulxonasi xabar berdi.
Hodisa vaqtida avtobusda O‘zbekistonning 54 nafar fuqarosi bo‘lgan. YTH oqibatida jabrlanganlar yo‘qligi ta’kidlanmoqda.
Ta’kidlanishicha, barcha yo‘lovchilar favqulodda vaziyatlar xizmati va politsiya xodimlari tomonidan Aqto‘be viloyati Aytekebi tumani, Qorabutoq qishlog‘idagi masjidga vaqtincha joylashtirilgan. Ularga oziq-ovqat va zarur yordam ko‘rsatilmoqda.
Xabarga ko‘ra, fuqarolarni O‘zbekistonga boshqa avtobus orqali tezkor ravishda qaytarish choralari ko‘rilmoqda. Vaziyat O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi va Bosh konsulligi tomonidan nazoratga olingan va Qozog‘istonning mas’ul idoralari bilan aloqa o‘rnatilgan.
Mavzuga oid
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026
Ukraina dronlari ilk bor Omsk neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi
17:42 / 06.07.2026
Qozog‘istonning bosh masjidi Nazarboyev sharafiga «Nursulton» nomini oldi
10:15 / 06.07.2026