Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Superkompyuter O‘zbekistonning JCh-2026 g‘olibi bo‘lish imkoniyatiga baho berdi
Opta superkompyuteri fikriga ko‘ra, O‘zbekistonning imkoniyatlari juda past. Ispaniya, Fransiya va Angliya – favoritlar qatorida.
Opta Analyst statistik portali dunyo terma jamoalarining 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatida g‘olib chiqish imkoniyatlarini baholadi.
Opta superkompyuteri taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Ispaniya milliy jamoasining 2026 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqish imkoniyati eng yuqori (17 foiz).

Ikkinchi o‘rinni Fransiya milliy jamoasi (14,1 foiz) egalladi. Uchinchi o‘rinni superkompyuter Angliyaga (11,8 foiz) berdi.
E’tiborlisi, jahon chempionatining avvalgi g‘olibi, ya’ni Argentina milliy jamoasiga Opta superkompyuteri reytingning faqat 4-pog‘onasini (8,7 foiz) bergan.
Tarixda birinchi marta jahon chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston milliy jamoasi imkoniyatlari juda past baholangan – atigi 0,2 foiz. Bu Tunis, Shotlandiya, Janubiy Afrika, Avstraliya va Eron imkoniyatlari bilan teng.
Umuman olganda JCh-2026 ishtirokchilari yarmidan ko‘pining (26 tasi) imkoniyatlari 1 foiz ham emas.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 bahslari 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Musobaqaga qur’a tashlash marosimi 5 dekabrga reja qilingan.
Mavzuga oid
23:09 / 30.06.2026
Eldor Shomurodovning goli JCh–2026 guruh bosqichidagi eng chiroyli deb topildi
16:25 / 30.06.2026
JCh-2026 anonsi. Mbappe va Holand pley-offda start oladi
14:02 / 30.06.2026
Prezident futbolchilarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
10:02 / 30.06.2026