Texnologiya | 20:14 / 04.12.2025
5420
1 daqiqa o‘qiladi

2026 yil smartfon bozori uchun og‘ir kelishi aytilyapti

Mutaxassislar aytishicha, 2025 yil yakunida bozorda taxminan 1,25 milliard dona smartfon sotiladi. Bu hozirgi yilga nisbatan oz bo‘lsa ham o‘sish degani. Yakuniy chorakdagi yuqori ko‘rsatkichlarga iPhone 17 seriyasining ommabopligi sabab bo‘lgan. Ammo 2026 yilda vaziyat boshqacha bo‘ladi. International Data Corporation (IDC) o‘z taxminlarini yangiladi va kichik o‘sish o‘rniga 1 foizlik pasayishni kutyapti.

Foto: Getty images

Tahlilchilar iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarni og‘ir yil kutayotganini ta’kidladi. Asosiy sabab sifatida tezkor xotira va saqlash qurilmalari tanqisligi ko‘rsatildi. Shu tufayli smartfon narxlari asta-sekin yuqoriga chiqadi.

Eng katta o‘zgarishni arzon va o‘rta narxdagi telefon xaridorlari sezadi. IDC ma’lumotiga ko‘ra, smartfonning o‘rtacha narxi 465 dollar atrofida bo‘ladi. Bu hozirgi vaqtda taxminan 5 540 000 so‘m degani.

Mutaxassislar fikricha, tanqislik bir kun tugaydi. IDC 2027 yilga kelib bozor tiklanib, yana 3 foizga o‘sishini kutmoqda.

Texnologiyalar tez o‘zgarayotgan bugungi kunda eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish muhim. Raqamli dunyoda adashib qolmaslik va shunday yangiliklarni birinchilardan bilish uchun KUN.UZ Texnologiya Telegram sahifasini kuzatib boring.

Mavzuga oid