Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng ommabop buklamafonlar aniqlandi
Counterpoint Research hisobotiga ko‘ra, 2025 yilning uchinchi choragida buklama smartfonlar bozorida Samsung eng yuqori o‘rinni oldi.
Foto: Getty images
Bu davrda dunyo bo‘yicha buklamafonlar yetkazib berilishi 14 foizga oshdi. Mutaxassislar fikricha, 2025 yil yakunida bu segmentdagi o‘sish 15 yoki 16 foiz atrofida bo‘ladi. Buklama smartfonlarning umumiy bozordagi ulushi esa rekord darajada 2,5 foizga yetdi.
CR tahlilchilari eng ommabop brend va modellarni ham ma’lum qildi. Uchinchi chorakda Samsung 64 foiz ulush bilan birinchi o‘rinda turdi. Keyingi pog‘onalarda Huawei 15 foiz va Motorola 7 foiz ko‘rsatkich bilan joylashdi. Eng ko‘p sotilgan modellar Samsung Galaxy Z Fold 7, Huawei Mate Xs va Motorola Razr 60 bo‘ldi.
Tahlilchilar 2026 yilda yangi sakrash bo‘lishini kutyapti. Sababi bu vaqtda bozor yanada tez hajm oshiradigan bosqichga o‘tadi. Shu yili Apple o‘zining birinchi buklama smartfonini namoyish qilishi mumkin. Hisobot mualliflari raqobatning kuchayishi yangi formalar ustida ko‘proq tajriba qilishga turtki berganini aytdi.
Texnologiyalar tez o‘zgarayotgan bugungi kunda eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish muhim. Raqamli dunyoda adashib qolmaslik va shunday yangiliklarni birinchilardan bilish uchun KUN.UZ Texnologiya Telegram sahifasini kuzatib boring.
Mavzuga oid
20:14 / 04.12.2025
2026 yil smartfon bozori uchun og‘ir kelishi aytilyapti
14:15 / 03.12.2025
Hindiston hukumati smartfonlarda o‘chirib bo‘lmaydigan davlat ilovasini joriy etmoqda
19:00 / 13.11.2025
Huawei Pekinda innovatsiyalar va intellektual mulk bo‘yicha 6-forumni o‘tkazdi
18:09 / 03.11.2025