O‘zbekiston | 16:00 / 04.12.2025
635
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

PACT chiqindidan foyda olish bo‘yicha O‘zbekistonda sirkulyar iqtisodiyotning yangi modelini targ‘ib qilmoqda

2025 yil 3 dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan PACT tashabbusining dastlabki bosqichi bo‘yicha hisobot uchrashuvi o‘tkazildi. Ushbu loyiha Global Environment & Technology Foundation (GETF) tomonidan boshqariladi va The Coca-Cola Foundation tomonidan moliyalashtiriladi. Dastur mamlakatda plastik chiqindilarni yig‘ish, saralash va qayta ishlash bo‘yicha ilk marta kompleks - iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik yondashuvni birlashtirgan modelni joriy etmoqda.

Foto: PACT

Tadbirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, xalqaro tashkilotlar, ekspertlar, mahalliy startaplar va OAV vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida O‘zbekistonda plastik chiqindilar bo‘yicha mavjud vaziyat, infratuzilmadagi bo‘shliqlar, loyihaning amaldagi natijalari va 2026 yil uchun rejalari batafsil ko‘rib chiqildi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, mamlakatda iste’mol qilinayotgan plastik miqdori yil sayin ortib bormoqda, ammo chiqindilarni ajratish va qayta ishlash bo‘yicha infratuzilma hali ham rivojlanish bosqichida. Bir qator hududlarda chiqindilar aralash holda tashlanadi, maxsus saralash punktlari yetarli emas, qayta ishlash korxonalariga yetib boradigan PET miqdori esa mavjud potensialdan sezilarli darajada past.

Taqdimotda qayd etilishicha, aholi chiqindini ajratish muhimligini tushunsa-da, qulay infratuzilma yetishmasligi sababli bu jarayon amaliyotga to‘liq tatbiq etilmayapti. Natijada PET butilkalarning katta qismi aralash chiqindi oqimi bilan poligonlarga yuborilmoqda. Mutaxassislar fikricha, saralash madaniyatini shakllantirish uchun rag‘batlantiruvchi mexanizmlarning yetarli emasligi tizim rivojiga asosiy to‘siq bo‘lib turibdi.

Shu bois Wasteless tomonidan taklif etilayotgan inklyuziv va raqamli model O‘zbekiston uchun dolzarb yechim sifatida baholandi. The Coca-Cola Foundation ko‘magida Toshkentdagi saralash punkti modernizatsiya qilindi va yig‘ilgan material oziq-ovqat uchun yaroqli PET sifatida qayta ishlanishi yo‘lga qo‘yildi.

Platformaga mehmonxonalar, universitetlar va korxonalar ulanib, chiqindilarni elektron ro‘yxatga olishni boshladi. Eng ahamiyatlisi, tizim norasmiy yig‘uvchilar uchun shaffof to‘lov mexanizmini yaratib, ularni rasmiy iqtisodiy jarayonning bir qismiga aylantirmoqda.

Shuningdek, uchrashuvda The Coca-Cola Foundation’ning O‘zbekistondagi ko‘p yillik faoliyati ham tilga olindi. Kompaniyaning global xayriya fondi barqaror rivojlanish va ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, O‘zbekistonda o‘tgan 15 yil davomida mahalliy va xalqaro NNTlar bilan hamkorlikda bir qator loyihalarni amalga oshirgan. Bu davr mobaynida taxminan ikki million dollarlik grantlar ajratilib, suv tanqisligi mavjud hududlarda infratuzilmani yaxshilash, ayollar uchun iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish, COVID davrida gumanitar yordam ko‘rsatish va chiqindilarni samarali qayta ishlash kabi yo‘nalishlar qo‘llab-quvvatlangan.

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodni rivojlantirish agentligi matbuot kotibi Dilnoza Kamilovaning ta’kidlashicha, PACT tashabbusi ayniqsa shahar hududlarida chiqindilarni tizimli ajratish mexanizmini yaratishda muhim ahamiyatga ega.

“Bu loyiha nafaqat ekologiya, balki tuproq sifati va shahar infratuzilmasini tartibga solish uchun ham katta yordam beradi. Hukumat tashabbusni qo‘llab-quvvatlaydi va bu yo‘nalish bo‘yicha davlat va xususiy sektorda hamkorlik kengaytiriladi”.

Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuv shuni ko‘rsatdiki, PACT tashabbusi plastikni faqat chiqindi sifatida emas, balki iqtisod uchun qimmatli resurs sifatida qayta talqin qilmoqda. Eng muhimi — bu model jamiyat, biznes va davlat hamkorligiga asoslangan bo‘lib, inklyuziv va shaffof qayta ishlash tizimini yaratishga xizmat qiladi.