Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi uch buklanadigan smartfonini qachon chiqarishi ma’lum qilindi
Smartfon mustahkam korpusga ega bo‘lishi va Snapdragon 8 Elite protsessorida ishlashi aytilmoqda.
Huawei va Samsung ortidan Xiaomi korporatsiyasi ham uch buklanadigan smartfonini taqdim etadi. Bu haqda XiaomiTime blogida ma’lum qilindi.
Blogda aytilishicha, GSMA ma’lumotlar bazasida 2608BPX34C kodi ostidagi Xiaomi qurilmasi paydo bo‘lgan. Insayderlarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu raqam ostida uch buklanadigan smartfon yashiringan.
U GSMA bazasida 2 dekabrda — Samsung o‘zining uch buklanadigan Galaxy Z TriFold smartfonini taqdim etgan kuni paydo bo‘lgan.
Qurilma MIX Trifold nomini olishi mumkin.
Smartfon mustahkam korpusga ega bo‘lishi va Snapdragon 8 Elite protsessorida ishlashi aytilmoqda.
Qayd etilishicha, Xiaomi MIX Trifold 2026 yilning uchinchi choragida sotuvga chiqadi.
Mavzuga oid
20:41 / 30.06.2026
Yangi Samsung Galaxy 2026 yilning "eng bema’ni" smartfoni deb topildi
20:13 / 24.06.2026
Nothing «orzudagi smartfon» konsepsiyasini namoyish etdi
20:41 / 22.06.2026
Yetakchi Android brendlari 7 dyuym ekranli smartfonni tayyorlamoqda
09:39 / 19.06.2026