Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barakali yomg‘irlar davomli bo‘ladi
Uzoq kuzatilgan umidbaxsh yog‘inlar ortidan mintaqaning katta qismi namgarchilik oqimlari ta’sirida bo‘ladi. Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan – iqlimshunos Erkin Abdulahatov.
O‘zbekistonga 70 foiz yog‘ingarchiliklarni asosan g‘arbiy havo oqimlari taqdim etadi. Bu yog‘inlar esa Atlantika ustida shakllangan Shimoliy Atlantika sirkulyatsiyasi bilan uzviy bog‘liq.
Shimoliy Atlantika havo aylanmasining "manfiy fazasi" shakllangudek bo‘lsa, qo‘shni Turkmaniston va Eron hududlaridan hududimizga yog‘inlar seriyasini taqdim etuvchi nam havo oqimlari kirib kelishi mumkin.
5 dekabrdan so‘ng Shimoliy Atlantika okeani manfiy fazasining rivojlanishi sabab, respublikaning aholisi zich bo‘lgan hamda qishloq xo‘jaligi yer maydonlari ko‘p bo‘lgan hududlarida juda ko‘p miqdorda yomg‘irlar yog‘adi, tog‘larda esa haddan tashqari ko‘p qor yog‘ishi kutilmoqda.
8 dekabrdan 18 dekabrga qadar tog‘larda qariyb 140 mm ga yaqin yog‘in tushishi mumkin. Ayni tog‘li hududlar uchun bu dekabrda yog‘ishi kerak bo‘lgan me’yoriy yog‘ingarchilikning 150foizi, ayrim tog‘li hududlarda esa 180foizini tashkil etadi.
Kuzgi bug‘doy qishgi tinim davriga kirib olishi uchun yetarli bo‘lgan yomg‘ir suvlari tushishi prognoz qilinmoqda.
Dekabrda respublika bo‘ylab havo haroratining keskin pasayib ketishi bilan bog‘liq kutilmalar hozircha mavjud emas, oy iliq va juda sernam o‘tishi yanada aniq bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
10:05
O‘zbekiston Bonnda iqlim majburiyatlarini bajarish bo‘yicha yutuqlarini taqdim etdi
19:05 / 15.06.2026
Issiq haftada jala ham kutilmoqda
14:05 / 13.06.2026
Juda issiq ob-havo homiladorlikka qanday ta’sir ko‘rsatadi?
08:14 / 06.06.2026