Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Otabek Mavlonberdiyev Bekzod Ismatov o‘rniga Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
Otabek To‘rabekovich Mavlonberdiyev Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.
U hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.
Otabek Mavlonberdiyev ushbu tayinlovga qadar Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Sirdaryo viloyati filiali rahbari lavozimida faoliyat olib borgan.
Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida 2023 yil avgustidan buyon Bekzod Ismatov ishlab kelayotgandi.
Mavzuga oid
09:34 / 28.03.2026
Sirdaryolik yigit 2 mlrd so‘mlik kibero‘g‘rilikda ushlandi
14:31 / 13.03.2026
Statistika: iqtisodiyoti eng tez o‘sgan hududlar ro‘yxati
08:25 / 10.03.2026
Surxondaryoda o‘qituvchi 14,68 kg opiyni 180 ming dollarga sotishga uringanida qo‘lga olindi
12:56 / 27.02.2026