Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hyundai Rotem tezkor poyezdlarining ilk partiyasi O‘zbekistonga jo‘natildi
«Jaloliddin Manguberdi» nomini olgan poyezd 2026 yilda Toshkent-Xiva yo‘nalishida harakatlanishi kutilmoqda.
Foto: Transport vazirligi
Janubiy Koreyaning Changvon shahridagi Masan portida O‘zbekiston uchun ishlab chiqarilgan Hyundai Rotem yuqori tezlikdagi poyezdlari birinchi partiyasini rasmiy jo‘natish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya, Koreya hukumati vakillari va Hyundai Rotem rahbarlari ishtirok etdi.



«Jaloliddin Manguberdi» nomi berilgan O‘zbekistonning yangi yuqori tezlikdagi temir yo‘l parkining birinchi poyezdi Hyundai Rotem tomonidan O‘zbekiston temir yo‘llari bilan 2024 yil iyun oyida imzolangan shartnoma doirasida ishlab chiqarildi.
Shu yil may oyida prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifi davomida Hyundai Rotem kompaniyasidan yuqori tezlikdagi 6 ta elektropoyezd xarid qilinib, kelgusi yildan «Jaloliddin Manguberdi» nomi ostida Toshkent-Xiva yo‘nalishiga qo‘yilishi haqida xabar berilgan edi.
Ta’kidlanishicha, Toshkentdan Xivaga 14 soat harakatlanadigan oddiy poyezddan farqli o‘laroq, yangi tezkor poyezd manzilga 7 soat 40 daqiqada yetib boradi.



Mavzuga oid
10:15 / 17.04.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg opiy musodara qilindi
11:00 / 02.04.2026
Xorazmda yangi ilmiy markaz: Ma’mun universiteti innovatsiya va ta’limni birlashtirmoqda
08:33 / 30.03.2026
Narkosavdo va noqonuniy dorilarga qarshi tezkor operatsiyalar o‘tkazildi
21:25 / 18.03.2026