Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangiyo‘lda yuk mashinasi avtobus bilan to‘qnashdi
YTHda Isuzu avtobusi ag‘darilib ketgan. Unda bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchiga shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi ekani bildirildi.
Foto: IIB YHXB axborot xizmati
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yuk mashinasi va avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB axborot xizmati ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, YTH bugun, 13 dekabr kuni soat taxminan 16:30 larda Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tuvchi M-34 “Toshkent–Dushanbe” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 1984 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi XCMG yuk mashinasi bir yo‘nalishda harakatlanayotgan Isuzu avtobusning orqa yon qismiga urilib ketgan.
YTH oqibatida avtobusda bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchiga tuman tibbiyot birlashmasida tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi ekani bildirildi.
Hozirda holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Qozog‘istonda avtobusdagi YTH oqibatida ikki o‘zbekistonlik halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:35 / 26.05.2026
Namanganda YPX inspektorini urib ketib, o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 6 yilga qamaldi
17:16 / 26.05.2026
Belgiyada poyezd va maktab avtobusi to‘qnashdi
20:04 / 25.05.2026