Jamiyat | 19:00 / 14.12.2025
1141
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Agrobankning AI500! HAKATON musobaqasi

“Agrobank” ATB tomonidan joriy yil 13 dekabr kuni AI500! HAKATON musobaqasining final bosqichi yuqori darajada tashkil etildi. Tadbir sun’iy intellekt yo‘nalishida eng iqtidorli mutaxassislarni aniqlash, yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ilg‘or texnologiyalarni bank va agrar sohada joriy etish maqsadida o‘tkazildi.

Foto: Agrobank

Musobaqaga qiziqish nihoyatda yuqori bo‘ldi: arizalar qabul qilish muddati yakunga qadar 2 500 dan ortiq arizalar tushdi va ular asosida 1 300 dan ziyod jamoa shakllandi. Ular orasidan eng yaxshi natija ko‘rsatgan 50 ta jamoa turli saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, finalda ishtirok etish huquqini hamda o‘zlarining sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan loyihalarini taqdim etish imkonini qo‘lga kiritdi.

Final bosqichida 200 ga yaqin ishtirokchi sun’iy intellekt, agrotexnologiyalar, fintex va bank xizmatlari uchun AI yechimlarini ishlab chiqish bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Har bir jamoaga hakamlar hay’ati tomonidan oldindan belgilangan real biznes muammolariga asoslangan vazifalar topshirildi hamda ishtirokchilarning qarorlari amaliy ahamiyat va texnik ijro nuqtai nazaridan baholandi.

Mazkur hakatonning umumiy sovrin jamg‘armasi 500 million so‘mni tashkil etdi.

Shu bilan birga, musobaqada bir nechta qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha ham eng yaxshi loyihalar alohida e’tirof etildi.

AI500! Hakaton yakunlari innovatsion fikrlash, jamoaviy ishlash va sun’iy intellektni real sektor vazifalariga qo‘llash bo‘yicha muhim tajriba bo‘lib xizmat qildi.

“Agrobank” ATB kelgusida ham AI va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun keng imkoniyatlar yaratishni davom ettiradi.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid