Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya shahzodasi "Barselona" klubini sotib olmoqchi
Kelishuvning amalga oshishiga yagona to‘siq klubning boshqaruv tizimi ekanligi aytilmoqda. "Barselona" "sosios"ga – klubda ulushga ega va uni boshqarishda ishtirok etadigan ishqibozlarga tegishli.
Foto: Getty images
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon Ispaniyaning "Barselona" futbol klubini sotib olish bo‘yicha taklif tayyorlamoqda, deb xabar berdi El Chiringuito nashri jurnalisti Fransua Galyardo.
Ma’lumot berilishicha, ehtimoliy kelishuv summasi 10 milliard yevro atrofida bo‘ladi.
Shartnoma Saudiya Arabistoni davlat investitsiya fondi hisobidan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Kelishuv summasi "Barselona"ning 2,5 mlrd yevro qarzini to‘lashni hamda kelgusida klubni boshqarish uchun sarflanadigan mablag‘larni ham o‘z ichiga oladi.
Mazkur kelishuvning amalga oshishiga yagona to‘siq klubning boshqaruv tizimi ekanligi aytilmoqda. "Barselona" "sosios"ga – klubda ulushga ega va uni boshqarishda ishtirok etadigan ishqibozlarga tegishli. Jamoaviy boshqaruv modelida klubni tashqi investorga to‘laligicha sotib yuborish ko‘zda tutilmagan.
Mavzuga oid
20:13 / 19.03.2026
Isroil dunyodagi eng yirik gaz koniga zarba berdi. Gaz narxi ko‘tarilib ketdi
07:22 / 19.03.2026
«Barsa»da 7 gol, «Liverpul»da kambek. YeChLda kun o‘yinlari
00:43 / 19.03.2026
Saudiya Arabistonida zamonaviy texnologiyalar asosidagi ulkan stadion qurilmoqda
22:29 / 18.03.2026