Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«PSJ» Mbappega 61 mln yevro tovon puli to‘laydi – sud qarori
Parij sudi «PSJ» klubini Kilian Mbappega to‘lanmagan ish haqi va bonuslar uchun tovon puli to‘lashga hukm qildi.
Foto: AFP/Getty Images
Mehnat nizolari bo‘yicha Parij sudi «Pari Sen-Jyermen» klubini Kilian Mbappega to‘lanmagan ish haqi va bonuslar uchun tovon puli sifatida 61 mln yevro to‘lashga hukm qildi. Bu haqda L’Equipe xabar berdi.
Sud jarayoni 17 noyabrdan beri davom etmoqda. Mbappe shartnomani uzaytirishdan bosh tortganidan keyin o‘ziga yomon munosabatda bo‘lgani uchun «PSJ» klubidan 263 million yevro tovon puli talab qilgan edi. O‘z navbatida klub uni «Al-Hilol»ga o‘tishdan bosh tortgani uchun «foydali bitimni» buzganlikda ayblab, 240 million yevro talab qildi. «PSJ» klubining barcha talablari sud tomonidan rad etildi.
Mbappe 2023/24 yilgi mavsum boshida yangi shartnomaga rozi bo‘lmagani uchun o‘yinlardan chetlatilgani va transferga qo‘yilgan futbolchilar bilan mashg‘ulot o‘tkazishga majburlangani haqida shikoyat qilgandi. Bu holat tufayli Fransiya futbolchilar kasaba uyushmasi o‘tgan yili sudga shikoyat qildi.
2024 yilda Mbappe erkin agent sifatida Madridning «Real» klubiga o‘tdi.
Mavzuga oid
05:08 / 21.01.2026
«Siti» yana yutqazdi, «Real» 6 ta gol urdi. Kun o‘yinlari
23:50 / 14.01.2026
Alonso ishdan bo‘shadi. Klasikoda yutqazgani uchun emas
02:24 / 12.01.2026
«Barselona» finalda «Real»ni yengib, Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi
12:24 / 27.11.2025