Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA O‘zbekiston milliy jamoasiga kamida 10,5 mln dollar to‘laydi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026 yilgi jahon chempionati ishtirokchilariga rekord darajadagi 727 million dollar ajratilishini e’lon qildi. To‘lovlar natijalarga qarab taqsimlanadi.
Foto: UFA
FIFA Kengashi 2026 yilgi jahon chempionatiga 727 million dollar miqdorida rekord darajadagi moliyaviy hissa qo‘shishni ma’qulladi, bu Qatardagi jahon chempionatidan 50 foizga ko‘p. Mablag‘lar ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlanadi, deb xabar berdi ingliz jurnalisti Ben Jyeykobs.
Qayd qilinishicha, ishtirokchi milliy jamoalar tayyorgarlik jarayoni uchun 1,5 mln dollar, shuningdek, 33-48-o‘rinlarni egallagan jamoalar 9 mln dollar oladi. Bu har bir milliy jamoa, jumladan O‘zbekiston ham kamida 10,5 mln dollar olishini anglatadi.
Natijalar yaxshilangan sari to‘lovlar ham oshadi.
Jumladan:
- 17-32-o‘rinlar $11 mln;
- 9-16-o‘rinlar $15 mln;
- 5-8-o‘rinlar $19 mln;
- 4-o‘rin $27 mln;
- 3-o‘rin $29 mln;
- 2-o‘rin $33 mln;
- Chempion $50 mln.
JCh-2026 AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida 11 iyundan 19 iyulga qadar o‘tkaziladi. O‘zbekiston milliy jamoasi guruh bosqichida 17 iyun kuni Kolumbiya bilan, 23 iyun kuni Portugaliya bilan, 27 iyun kuni saralashdan o‘tgan jamoa (Kongo DR/Yamayka/Yangi Kaledoniya) bilan o‘ynaydi.
Mavzuga oid
18:01 / 04.03.2026
O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2026 paytidagi qarorgohini tanladi
21:30 / 03.03.2026
FIFA prezidenti Meksika jahon chempionatini qabul qilishga tayyorligiga ishonch bildirdi
21:55 / 25.02.2026
Afrika futbolida katta mojaro: O‘zbekistonning JCh-2026 guruh bosqichidagi ehtimoliy raqibi o‘zgarishi mumkin
17:41 / 23.02.2026